«Yuventus» «Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemadeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Turinliklar 24 yoshli forvardni ijaraga olish masalasida «Nyukasl» bilan aloqaga chiqdi. Germaniyalik futbolchi Jonatan Devid jamoani tark etgan taqdirda hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, «Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzega ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq «Beshiktosh» «zebralar»dan Mirettini ijaraga olgani ma’lum qilingandi.