«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid Ispaniyaning top klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kanadalik forvardning yangi jamoasi Madridning «Atletiko» klubi bo‘lishi kutilmoqda. «Yuventus» esa Devidni muayyan shartlar bajarilgan taqdirda majburiy sotib olish bandi bilan ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Qayd etish lozim, 26 yoshli hujumchi turinliklar safida o‘tgan yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq Jonatan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.