Live
6
O'zbek

«Neftchi» — «Paxtakor» bahsiga 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi

Futbol
30 avgust, 05:33
Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston kubogi nimchorakfinal bosqichi uchun so‘nggi yillardagi eng yuqori tashriflardan biridir.
«Neftchi» — «Paxtakor» bahsiga 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi
Foto: Neftchi FK
29.08.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 1 : 0 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

O‘zbekiston kubogi nimchorakfinalidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Paxtakor» uchrashuvi muxlislar qiziqishi bilan ham ajralib turdi. Farg‘onadagi stadionga bahsni bevosita tomosha qilish uchun 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Qayd etish joiz, ushbu ko‘rsatkich nafaqat bitta bahs uchun yuqori natija, balki turnirning so‘nggi to‘rt mavsumidagi nimchorakfinal bosqichida barcha bahslarga tashrif buyurgan muxlislarning umumiy sonidan ham ko‘proq bo‘ldi.

Bu «Neftchi» va «Paxtakor» o‘rtasidagi qarama-qarshilikka bo‘lgan katta qiziqish, shuningdek, O‘zbekiston kubogi bahslariga muxlislar e’tibori ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar