Live
6
O'zbek

«Paxtakor» Abdumajidovni «Brest»ga qo‘yib yubormadi — manba

Futbol
30 avgust, 06:40
Bu transferga bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev qarshi chiqqani aytilmoqda.
«Paxtakor» Abdumajidovni «Brest»ga qo‘yib yubormadi — manba
Foto: FC Pakhtakor

Toshkentning «Paxtakor» klubi himoyachi Muhammadrasul Abdumajidovni Fransiyaning «Brest» jamoasiga qo‘yib yubormadi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev xabar berdi.

«Paxtakor» Abdumajidovni Fransiyaning «Brest» klubiga qo‘yib yubormadi. Bu transferga bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev qarshi chiqibdi.

Bungacha hech qachon Superligadan Top-5 chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbolchi transferi amalga oshmagan edi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda «Brest» Liga 1 turnir jadvalida 2 ta o‘yindan so‘ng 2 ochko bilan 10-pog‘onani band etib turibdi. O‘tgan mavsumda jamoa 39 ochko to‘plagan holda 12-o‘rindan joy olgandi.

Avvalroq «Navbahor» «Paxtakor» sobiq himoyachisi Muhammadqodir Hamraliyevning transferini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Brest Brest
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh +5 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar