Bugun
8
O'zbek

"Navbahor" Muhammadqodir Hamraliyevning transferini e'lon qildi

Futbol
10 avgust, 13:02
25 yoshli futbolchi "Paxtakor"dan "lochunlar" safiga kelib qo'shildi.
"Navbahor" Muhammadqodir Hamraliyevning transferini e'lon qildi
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston milliy milliy jamoasi a'zosi Muhammadqodir Hamraliyev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

25 yoshli futbolchi "Paxtakor"dan "lochunlar" safiga kelib qo'shildi. U faoliyati davomida "Dinamo", "Olimpik" jamoalarida o‘ynagan. 2023 yildan beri "sherlar" libosida to‘p tepib kelayotgandi. Bundan tashqari, Muhammadqodir Hamraliyev O‘zbekiston U23 (2021-2024) o‘ynagan. Shuningdek, 2023 yildan buyon O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi hisoblanadi.

"Muhammadqodir Hamraliyevga "Navbahor" tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, "lochunlar"ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
Bugungi yangiliklar