«Tottenhem» rahbariyati «Liverpul» hujumchisi Kodi Gakponing klubga o‘tishdan voz kechib, «Manchester Siti»ga transferni tanlaganidan hayratda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Gakpo avvalroq «Tottenhem»ga o‘tish shartlarini kelishib olgan. London klubi niderlandiyalik futbolchi uchun «Liverpul»ga 75 mln funtdan (87,7 mln yevro) ko‘proq to‘lashga tayyor edi.
Biroq Gakponing pozitsiyasi o‘zgarib, «Manchester Siti» varianti ustuvor bo‘lib qoldi. Bu holat «Tottenhem»ni transfer oynasi yopilishidan oldin rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Klub hozirda muqobil variantlar ustida faol ishlamoqda.
Avvalroq «Manchester Siti» Gakpo transferi uchun 85 mln funt (99 mln yevro) to‘lashga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.