Live
6
O'zbek

«Real» Yan Diomande transferi uchun 230 mln yevro sarflaydi

Futbol
30 avgust, 05:54
Ivuarilik himoyachining transferi, maosh va soliqlarni hisobga olganda, Madrid klubiga 230 mln yevroga tushadi.
«Real» Yan Diomande transferi uchun 230 mln yevro sarflaydi
Foto: Getty Images

«Real» ivuarilik himoyachi Yan Diomandeni transfer qilish uchun jami 230 mln yevroga yaqin mablag‘ sarflaydi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, futbolchining bevosita transferi 130 mln yevroga baholanmoqda.

Shundan 105 mln yevro kafolatlangan to‘lov bo‘lsa, yana 25 mln yevro bonuslar ko‘rinishida belgilangan. Diomande «Real» bilan 2033 yil 30 iyunigacha, ya’ni 7 mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Futbolchining yillik maoshi soliqlardan keyin taxminan 7 mln yevroni tashkil etadi. Klub 7 yil davomida uning maoshi uchun jami 98 mln yevro sarflaydi, shundan 49 mln yevro soliqlarga yo‘naltiriladi.

Shu tariqa, «Real»ning Diomande transferi bo‘yicha umumiy xarajatlari qariyb 230 mln yevroga yetadi. Bu klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar