Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem o‘zining sevimli pozitsiyasi — «o‘nlik» nuqtasiga qaytishi haqida gapirdi.
«Men maydonda yana erkinlikdan zavq olyapman. O‘ylashimcha, bu menga eng yaxshi sifatlarimni namoyish etishga imkon beradi. Murabbiy menga bu rolni ishonib topshirgani uchun cheksiz minnatdorman», - deya Jud Bellinghem so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda 23 yoshli angliyalik futbolchi har ikki o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, La Liga navbatdagi turi doirasida bugun, 30-avgust kuni «Real» o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi