Live
6
O'zbek

UFC Shanghai. Sun Yadong Umar Nurmagomedovni nokautga uchratdi

MMA
30 avgust, 05:50
Shanxayda navbatdagi UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi.
UFC Shanghai. Sun Yadong Umar Nurmagomedovni nokautga uchratdi
Foto: Getty Images

Xitoyning Shanxay shahrida navbatdagi UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi.

Uning asosiy jangi yengil vazn toifasida Umar Nurmagomedov (20-2) va Sun Yadong (24-9-1, 1 NC) o‘rtasida kechdi. Ushbu jangda Yadong ikkinchi raundda Nurmagomedovni nokautga uchratdi va muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Asosiy karddagi boshqa janglar:

  • Denis Gomes (13-3) Yan Syaonan (19-6, 1 NC)ni birinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;
  • Kay Asakura (23-6) Aoritsilengni (26-14) ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yengdi;
  • Su Mudaerji (20-7) Aleks Peresni (26-11) hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi;
  • Bilol Hasan (10-0) Nilson Roxasni (9-1) ikkinchi raundda texnik nokaut bilan taslim qildi.

Avvalroq Umar Nurmagomedov hech qachon Habib kabi bo‘la olmasligini aytib o‘tgandi.

Bugungi yangiliklar