«Arsenal» «Real» hujumchisi Endrikni sotib olishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi»ning braziliyalik hujumchisi «to‘pchilar»ga kerak emas. Ayni paytda London grandi «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresning qarorini kutishda davom etmoqda. Qo‘shimchasiga, uch hafta avval Endrikka APLning boshqa bir klubi «Liverpul» ham qiziqish bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, yangi mavsumning birinchi turida «Arsenal» «Koventri»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ertaga, 31 avgust kuni Mikel Arteta shogirdlari safarda «Aston Villa»ga qarshi bahs olib boradi.