Live
6
O'zbek

Mourinio zamonaviy futbolda uni xavotirga solayotgan jihatni aytdi

Futbol
30 avgust, 05:45
«Real» bosh murabbiyi terma jamoalar o‘yinlari sabab futbolchilarning jarohat olishidan xavotirda.
Mourinio zamonaviy futbolda uni xavotirga solayotgan jihatni aytdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio klublar futbolidagi milliy jamoalar o‘yinlari uchun yuzaga keladigan tanaffuslar haqida fikr bildirdi.

«Men terma jamoalar o‘yinlaridan xavotirdaman. Milliy jamoalarga ketib, u yerda muntazam o‘ynaydigan futbolchilar uchun tashvishlanaman. Milliy jamoalar bahslarida futbolchilar ko‘pincha jarohat oladi. Shu sababli ular klubdagi mashg‘ulot jarayonidan chetda qoladi. Ammo hozirgi voqelik shunday, bunga hech narsa qila olmaysiz», — dedi portugaliyalik murabbiy AS nashriga.

«Real» La Liganing 3-turida 30 avgust kuni o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar