Live
6
O'zbek

«Eng yaxshi transfer zaxira o‘rindig‘ida» — «Real» Mourinioning ishidan mamnun

Futbol
30 avgust, 06:28
Madrid klubida portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinlash to‘g‘ri qaror bo‘lganiga ishonch ortmoqda.
«Eng yaxshi transfer zaxira o‘rindig‘ida» — «Real» Mourinioning ishidan mamnun
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi ichida Joze Mourinioning bosh murabbiy etib tayinlangani to‘g‘ri qaror bo‘lganiga ishonch tobora kuchaymoqda. AS nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning jamoani boshqara boshlaganidan keyingi vaziyat Xabi Alonso davridagidan keskin farq qilmoqda.

Mourinio «Real»dagi odatlar, qoidalar va ish tartibiga o‘zgarishlar kiritgan. U har bir futbolchi bilan alohida suhbatlashib, jamoa va o‘yinchilardan nimalarni kutayotganini tushuntirgan. Shuningdek, avval tarkibda o‘ziga joy topa olmagan futbolchilarga ham o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini bergan.

«Qirollik klubi» ichida Mourinioning ishiga baho berar ekan, «eng yaxshi transfer zaxira o‘rindig‘ida», degan fikr bildirilmoqda.

Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis o‘z g‘oyalarini futbolchilarga majburan singdirmayapti, aksincha, ularni o‘z qarashlariga ishontirishga harakat qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar