Santi Ximenes «Portu»ga o‘tish uchun «Milan»dan safarga chiqishga ruxsat oldi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Meksikalik hujumchi «Portu»ga bepul ijara asosida o‘tadi. Shartnomada futbolchini 18 mln yevroga sotib olish bandi va yana 2 mln yevrogacha bonuslar ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Ximenes ma’lum maqsadlarga erishishi va yetarli o‘yin vaqtiga ega bo‘lishiga qarab, uni majburiy sotib olish sharti ham ishga tushishi mumkin.