«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola «PSJ» vingeri Bredli Barkolyaning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
«Hozircha sizlarga hech narsa deya olmayman, ammo haqiqatan ham nimadir sodir bo‘lmoqda. Bu odatiy holat. Transfer oynasi yopilishiga sanoqli kunlar qoldi, shuning uchun biz shunchaki kutishimiz kerak», — dedi Iraola «Nottinghem Forest» bilan durangdan so‘ng.
«Liverpul» APL 2-turida o‘z maydonida «Nottinghem Forest»ni mag‘lub eta olmadi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Ikki turdan so‘ng mersisaydliklar hisobida 2 ochko bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barkolyaning «Liverpul» bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan sana ma’lum bo‘lgandi.