Live
5
O'zbek

“Siti” va Gakpo oʻzaro kelishuvga erishdi

Futbol
29 avgust, 18:00
“Liverpul” ham niderlandiyalik vingerga oʻrinbosar topishi zahoti uni sotishga tayyor.
“Siti” va Gakpo oʻzaro kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Kodi Gakpo faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir toʻxtamga keldi.

Avvalroq “Liverpul” vingeriga “Manchester Siti” va “Tottenhem” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

The Athletic maʼlumotiga koʻra, niderlandiyalik futbolchi “shaharliklar”ni tanlagan va hozirda klublar transfer boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

“Siti” 27 yoshli vinger uchun 85 million funt toʻlashga rozi. Oʻz navbatida mersisaydliklar ham Kodiga oʻrinbosar topishi zahoti u bilan xayrlashishga tayyor.

Gakpo “Liverpul” safida 180 ta oʻyinda 50 ta gol urgan. U 2022 yil dekabr oyida PSV klubidan bonuslar bilan birga 44 million funt evaziga sotib olingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar