Bugun
112
O'zbek

Mareska: «Bu maydonda o‘ynash qiyin, biz buni bahsdan oldin ham bilardik»

Futbol
28 avgust, 22:30
«Man Siti» bosh murabbiyi jamoasining «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi.
Mareska: «Bu maydonda o‘ynash qiyin, biz buni bahsdan oldin ham bilardik»
Foto: Getty Images
28.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Kristal Pelas Kristal Pelas 1 : 4 Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoasining «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabasi (4:1) haqida fikr bildirdi.

«Bu maydonda o‘ynash qiyin, biz buni bahsdan oldin ham bilardik. Bunga o‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq guvoh bo‘ldingiz.

Shunga qaramay, keyin biz o‘yinni nazorat qildik. Uchrashuvdagi intensivlik va jamoaning xohishi meni juda xursand qildi.

Sherki bizga yordam beryapti. U kelajakda ham jamoaga foyda keltiradi. Biz uning yuqori saviyali futbolchi ekanini bilamiz: «Bornmut»ga qarshi avvalgi o‘yinda ikki assist, bugun esa ikki gol urdi.

Lekin menimcha, Rayan to‘psiz harakatlarda ham juda yaxshi ishladi. U Uortonni nazorat qildi va juda ko‘p mehnat qildi.

Foden qanotda o‘ynashga asta-sekin moslashmoqda. Biz uning vinger emasligini bilamiz. Biroq yechim topishga harakat qilyapmiz.

Uchrashuvning so‘nggi 10–15 daqiqasida u markazda o‘ynaganida, bu pozitsiya unga ko‘proq yoqishi ko‘rinib turdi.

Shunga qaramay, uning ishga munosabati juda yaxshi bo‘ldi va aynan shu bizga kerak», — dedi «Manchester Siti» bosh murabbiyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar