«Barselona» yarim himoyachisi Gavi «Rayo Valekano»ga qarshi bo‘lajak o‘yindan keyin mashg‘ulotlarga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing birinchi turida «Elche»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Tekshiruvlar xavotirlar tasdiqlanmaganini va futbolchi jiddiy jarohatdan qochganini ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, u «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Hansi-Diter Flik jamoasi dastlabki ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘argan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi