Bugun
31
O'zbek

Rodri “Barsa”dagi debyutidan soʻng: “Avvalgi ritmga tezroq qaytishim kerak”

Futbol
28 avgust, 04:30
Ispaniyalik yarimhimoyachi “Atletik” bilan bahsda kataloniyaliklar safidagi debyutini oʻtkazdi.
Rodri “Barsa”dagi debyutidan soʻng: “Avvalgi ritmga tezroq qaytishim kerak”
Foto: Getty Images
27.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 2 : 0 Athletik Athletik

Rodri “Barselona”dagi debyutidan soʻng oʻz his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi.

“Manchester Siti”dan 76,5 million yevro evaziga kataloniyaliklar safiga oʻtgan ispaniyalik yarimhimoyachi La Liganing 1-turi doirasidagi “Atletik”ka (2:0) qarshi uy oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi.

“Debyutimdan juda xursandman, gʻalabadan mamnunman. Ritmga kirish va bu ajoyib jamoaga moslashish muhim. Dastlabki bir necha daqiqa menda yoqimli taassurot qoldirdi. Bu yoz odatdagidan uzoqroq boʻldi. Men avvalgi ritmimga imkon qadar tezroq qaytishim kerak. Hammasi men xohlagandek boʻldi va natijadan mamnunman. Endi ishga kirishish vaqti keldi.

Yamal uchun qiyin davr boʻldi, ammo hozir u tiklandi va oʻzining eng yaxshi formasini namoyish etmoqda. Biz undan aynan shuni kutayapmiz — mehnatsevarlik va barqarorlikni. Chunki unda isteʼdod bor, gollar esa oʻz-oʻzidan keladi”
, — dedi Rodri DAZN nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Athletik Athletik
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar