“Barselona” bosh murabbiyi Hansi Flik La Liga 1-turidan oʻrin olgan “Atletik”ka (2:0) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Rafinya eng yaxshi «toʻqqizlik” (markaziy hujumchi) ekanini bilmayman. Men uchun muhimi — u shu pozitsiyada oʻynaydimi-yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, rejamiz ish berishi. Uning harakatchanligi, toʻpsiz hududga keskin yugurishlari va bosimi tufayli bu rol unga mos keladi.
Biz qanday hujum qilish haqida tasavvurga egamiz va menimcha, bugun juda yaxshi oʻyin oʻtkazdik. Koʻplab imkoniyatlarga ega boʻldik, ammo bor-yoʻgʻi ikki gol urdik, garchi koʻplab xavfli vaziyatlar yaratgan boʻlsak ham. Har doim ham koʻp gol urishning iloji boʻlavermaydi. Eng muhimi — oʻz darvozamizdan toʻp oʻtkazib yubormaslik. Hisob bizning foydamizga 1:0 boʻlib turgan ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi.
Espartning texnikasi juda yaxshi — u hujumda ham, himoyada ham ajoyib harakat qiladi. Bugun uning chap qanotdagi oʻyini meni hayratda qoldirdi. U — top darajadagi futbolchi. Hammamiz kabi uning ham oʻsishi uchun imkoniyat bor, ammo u — fantastik futbolchi», — deya germaniyalik mutaxassisning soʻzlarini keltiradi Marca.
“Atigi 2 ta gol urdik” — Flik “Atletik” ustidan gʻalaba, Rafinya va Espart haqida
Futbol
28 avgust, 02:46
“Barselona” ustozi La Liga 1-turidagi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Foto: Getty Images
27.08.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Barselona
2
:
0
Athletik
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi