Ispaniya chempionatining 1-turining qoldirilgan bellashuvida «Barselona» Kataloniyada «Atletik»ni qabul qildi. Bellashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Dastlab 37-daqiqada Rafinya hisobni ochdi. 82-daqiqada Fermin Lopes yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Rodri zaxiradan maydonga tushib, «Barsa»dagi debyutini o‘tkazdi.
Shunday qilib, Flik jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib, «Real» bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atletik» hisobida esa birorta ham ochko yo‘q.
La Liga. 1-tur (qoldirilgan uchrashuv)
Barselona – Atletik 2:0
Gollar: Rafinya 37, Fermin Lopes 82
Barselona – Joan Garsiya, Espart, Martin, Kubarsi, Erik Garsiya (Kunde, 80), Pedri (Kanselu, 85), Bernal (Olmo, 63), Fermin Lopes, Gordon (Adeyemi, 80), Rafinya (Rodri, 63), Yamal.
Atletik – Simon, Alvares, Laport, Rinkon, Lui-Jan (Boyro, 70), Gaurexisar, Kanales, N. Uilyams (Navarro, 60), I. Uilyams (Berenguyer, 60), Sanset, Guruseta (Jalo, 81).
Ogohlantirishlar: Espart 27 – Guruzeta 48, Luis-Jan 61
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi