Bugun
112
O'zbek

La Liga. «Alaves» o‘z maydonida «Vilyarreal»dan ustun keldi

Futbol
28 avgust, 17:33
Ispaniya chempionatida 3-tur o‘yinlari start oldi.
La Liga. «Alaves» o‘z maydonida «Vilyarreal»dan ustun keldi
Фото: Getty Images

Ispaniya chempionatining 3-turida «Alaves» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qildi.

Bellashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 31-daqiqada Boye hisobiga yozildi.

Shu tariqa, «Alaves» 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Sariq submarina» esa 2 ochko bilan 12-pog‘onada.

La Liga. 3-tur
Alaves – Vilyarreal 1:0
Gol:
Boye 31
Vilyarreal – Luis Junior, Mourinio, Foyt, Romero, Pepe, Veyga, Komesanya, Guye, Buchanan (Moleyro, 63), Moreno, Mikautadze (Oluvaseyi, 82).

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar