«Aston Villa» klubi klubi hujumchi Nikolas Jeksonning transferini e’lon qildi.
Senegallik forvard birminghemliklar bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Avvalroq xabar qilinganidek, «Aston Villa» Jekson uchun bonuslar bilan birga 65 million funt to‘laydi. Bu klub tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.
O‘tgan mavsumni Jekson «Bavariya»da ijara asosida o‘tkazdi. U Bundesligada 23 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi