Live
7
O'zbek

«Aston Villa» «PSJ» bilan Mbaye transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
28 avgust, 12:37
Ingliz klubi parijliklar bilan 18 yoshli iqtidor sohibi transferi borasida kelishuvga erishdi.
«Aston Villa» «PSJ» bilan Mbaye transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Gettyimages

Transfer summasi 55 million yevroni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda The Athletic.

«Aston Villa» klubi «PSJ» bilan 18 yoshli hujumchi Ibrohim Mbaye borasida kelishuvga erishdi.

Hozirda klublar barcha zarur hujjatlarni tayyorlash bilan band. Mbaye «PSJ» safida 2024-yildan buyon harakat qiladi va asosiy jamoa safida 42 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 4 ta golli uzatma yetkazib berdi. Ulardan 3 ta gol va 2 ta golli uzatma o‘tgan mavsum amalga oshirildi.

Senegal milliy jamoasi a’zosi bo‘lgan Mbaye 2025-yilda Afrika millatlar Kubogida g‘alaba qozondi, JCH-2026da esa 3 o‘yinda 1 ta gol (Fransiya darvozasiga) urdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi xizmatlariga «Liverpul» klubi qiziqayotgani aytilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar