Live
5
O'zbek

Suchich: «Men «Inter»ga oshiqman»

Futbol
28 avgust, 11:52
Xorvatiyalik hujumchi Milan klubidagi ikkinchi mavsumiga tayyor.
Suchich: «Men «Inter»ga oshiqman»
Foto: Gettyimages

Xorvatiyalik hujumchi Petar Suchich Milanning «Inter» klubidagi ikkinchi mavsumiga tayyor. Futbolchi klub haqida gapirarkan, unga oshiq bo‘lib qolganini tan oldi. Bunga o‘tgan mavsumda «Inter» ichki arenada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgani ham turtki bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

«Men bu klubni, uning muxlislarini va unga daxldor bo‘lgan barcha insonlarni sevib qoldim. Bu dunyodagi eng yirik klublardan biridir. Buning nimani anglatishini faqat shu yerga kelibgina tushunish mumkin. O‘ylaymanki, bu hayotimdagi eng to‘g‘ri qaror bo‘lgan», - deya Suchich so‘zlaridan iqtibos keltirdi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Suchich Zagrebning «Dinamo» klubi sharafini himoya qilgan.

Bugungi yangiliklar