Live
2
O'zbek

Kili Gonsales — “Inter Mayami” bosh murabbiyi

Futbol
28 avgust, 06:42
Argentina milliy jamoasi sobiq vingeri AQSHda ishlash uchun ruxsatnomani kutmoqda.
Kili Gonsales — “Inter Mayami” bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

“Inter Mayami” Kili Gonsales bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi boʻlib ishlash boʻyicha kelishuvga erishilganini eʼlon qildi.

Argentinalik 52 yoshli mutaxassisga AQSHda ishlash uchun ruxsatnoma olish qoldi. Hozircha esa “Inter Mayami”ning amaldagi bosh murabbiyi Gillermo Oyos oʻz vazifasini vaqtincha davom ettiradi, deya xabar berdi Florida klubining rasmiy sayti.

Gonsalesning soʻnggi ish joyi Argentinaning “Platense” klubi boʻlgan. U oʻtgan yili jamoani tark etgan. Argentina milliy jamoasining sobiq vingeri “Union Santa-Fe” va “Rosario Sentral” klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Lionel Messi toʻp tepayotgan “Inter Mayami” MLSning Sharqiy konferensiyasida 21 ta oʻyindan soʻng 2-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Neshvill”dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • MLS USA MLS USA
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar