Bahs Fort-Loderdeyldagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium» o‘yingohida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Toronto» safida Joshua Sarjent va Derrik Etenn o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
«Inter Mayami» safida yagona golga argentinalik Lionel Messi mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» MLSdagi g‘alabasiz seriyasini 4 ta o‘yinga yetkazib qo‘ydi. Bungacha jamoa ikki bor durang o‘ynab, bir marta imkoniyatni boy bergandi. «Toronto» esa so‘nggi uch o‘yinda ikkinchi g‘alabasini tantana qildi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turda «Inter Mayami» «Klub de Fut Monreal» jamoasiga qarshi maydonga tushsa, «Toronto» «Nyu-York Siti» bilan bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi