MLS 20-turidan o'rin olgan "Filadelfiya" hamda "Inter Mayami" jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu bahsda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi. Mehmonlar safida Lionel Messi ushbu uchrashuvda to'liq harakat qildi va bir golga mualliflik qildi. Shu tariqa, argentinalik futbolchining faoliyatidagi umumiy gollari soni 922 taga yetdi.
Ayni vaqtda "Inter Mayami" 39 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 2-pog'onasida qayd etilgan bo'lsa, "Filadelfiya" 20 ochko to'plagan holda 26-o'rinni band etgan.
MLS, 20 avgust.
Filadelfiya — Inter Mayami 2:2
Gollar: Vasilev 11, Pierre 58 — Pinter 21, Messi 26.
Chetlatishlar: Sullivan 90+13 — Bright 90+13.
Inter Mayami — Seynt Kleyir, Frey, Lujan, Falkon, Regilon (Allen 73), Bright, Segoviya (Ayala 73), Kazemiro, Pinter (Ruis 90), Messi, Suares.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi