Argentinalik mutaxassis Xuan Kruz Xill oilaviy sabablarga ko‘ra «Neftchi» murabbiylar shtabini tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Xuan Kruz Xillga «Neftchi»dagi faoliyati va jamoamizga qo‘shgan hissasi uchun rahmat aytamiz. Oilaviy sabablarga ko‘ra qabul qilingan ushbu qarorni hurmat qilamiz va unga yangi faoliyatida, shuningdek, oilasiga mustahkam sog‘lik va omad tilaymiz.
Rahmat, Xuan Kruz Xill!», — deyiladi xabarda. Avvalroq germaniyalik mutaxassis Hans-Yurgen Gyode «Neftchi»ni tark etgani ma’lum qilingan edi.