Bugun
51
O'zbek

Hans-Yurgen Gyode "Neftchi"ni tark etdi

Futbol
26 may, 14:40
Islom Ismoilovga yordam berib kelgan germaniyalik mutaxassis farg'onaliklar bilan xayrlashdi.
Hans-Yurgen Gyode "Neftchi"ni tark etdi
Foto: Neftchi PFC

"Neftchi" klubi murabbiylar shtabidagi tajribali mutaxassis, 2003-2004 yillarda Oʻzbekiston milliy jamoasini boshqargan germaniyalik mutaxassis Hans-Yurgen Gyode bilan xayrlashdi.

"Jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Hans-Yurgen Gyode bugun jamoamiz bilan do'stona tarzda xayrlashdi.

Faoliyati davomida mutaxassis jamoamizning rivojlanishi va yuksalishi yo'lida o'zining boy tajribasi, professional yondashuvi hamda qimmatli maslahatlari bilan murabbiylar shtabiga, xususan, bosh murabbiyimiz Islom Ismoilovga yaqindan ko'mak berib keldi. Uning futbol borasidagi bilim va tajribasi jamoamiz uchun muhim tayanchlardan biri bo'ldi.

Oilaviy sabablarni inobatga olgan holda Gyode jamoamizni tark etish qarorini qabul qildi. Klub ushbu qarorni chuqur hurmat bilan qabul qildi va qanchalik og'ir bo'lmasin, mutaxassis bilan xayrlashishga majbur bo'lmoqda.

Qisqa vaqt davomida jamoamiz bilan samarali faoliyat olib borgan murabbiy Oʻzbekiston superkubogini qo'lga kiritishda o'z hissasini qo'shdi. Shubhasiz, uning mehnati va tajribasi jamoamiz tarixida unutilmas iz qoldiradi hamda u klubimiz rivojiga hissa qo'shgan insonlar safidan munosib o'rin egallaydi.

"Neftchi" PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning barcha xodimlari nomidan Hans-Yurgen Gyodega kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy hotirjamlik, mustahkam sog'lik va omad tilaymiz.

Barchasi uchun rahmat, doktor Hans-Yurgen Gyode!" — deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar