«Manchester Siti» yarimhimoyachi Adam Uortonning ehtimoliy transferi bo‘yicha «Kristal Pelas»ga so‘rov yubordi, biroq rad javobini oldi. London klubi bu yozda 22 yoshli ingliz futbolchisini sotish niyatida emas, deb xabar bermoqda The Athletic.
Uorton «Siti»ning yarim himoyani kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u Rodri, Bernardo Silva va Tijani Reynders ketganidan keyin qayta qurilmoqda. «Manchester Siti» allaqachon «Nottinghem Forest»dan Elliot Andersonni sotib olgan. Shuningdek, klub «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesga ham qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, Uorton 2024-yilning qishida «Blekbern Rovers»dan «Kristal Pelas»ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Kristal Pelas» Premer-ligada 15-o‘rinni egallab, Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
Esltabi o‘tamiz, Uorton Angliya milliy jamoasi safida 4 o‘yin o‘tkazdi, ammo Tomas Tuxel jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy ro‘yxatiga kiritilmadi.