Kataloniyaning "Barselona" klubi anʼanaviy Gamper kubogi finalida Misrning "Al Ahli"siga qarshi bellashdi.
Unda mezbonlar 2:1 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. Dastlab Hamza Abdelkarim birinchi boʻlimning 29-daqiqasida hisobni ochdi. Boʻlimning soʻnggi daqiqalarida esa Rafinya penaltidan ikkinchi golni urdi.
Ikkinchi boʻlimda esa misrliklar hisobni qisqartirdi. Shunga qaramay, Flik jamoasi Gamper kubogini qoʻlga kiritdi.
Gamper kubogi. Final
Barselona – Al Ahli 2:1
Gollar: Abdelkarim 29, Rafinya 45 (penalti) – Zizo 53
Barselona – Joan Garsia (Shesni, 73), Erik Garsia (Gavi, 63), Kunde, Espart, Jerar Martin, Balde, Bernal, Fermin Lopes (Olmo, 46), Rafinya, Yamal (Adeyemi, 73), Abdelkarim (Bisivu, 73)
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi