Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqich birinchi bellashuvida Ozarbayjonning "Sabah" klubi mehmonada "Hapoel Sheva"ga yutqazib qo'ydi.
Ruminiyada kechgan bellashuvda isroillik futbolchilar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoalarning javob bellashuvi 25 avgust kuni Bokuda bo'lib o'tadi.
Ushbu bahsda o'zbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliev maydonda to'liq harakat qildi.
YChL saralashi
Hapoel Sheva – Sabah 2:1
Gollar: Est 43, Zlatanovich 79 – Shimich 6
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi