Superliga 18-turida "Andijon" G'uzorda "Mash'al"ga qarshi o'ynadi. Unda "burgutlar" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol 53-daqiqada Po'lathoja Xoldorxonov hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "Andijon" ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 8-o'ringa ko'tarildi. "Mash'al" esa 4 ochko bilan 16-pog'onada.
Superliga. 18-tur
Mash'al – Andijon 0:1
Gol: Po'lathoja Xoldorxonov 53
Mash'al: 35. Dostonbek To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov (22. Muhammadbobir Mo'ydinov, 46), 4. Strahinya Boshnak, 5. Komiljon Tojidinov, 8. Sardor Abdurahimov, 9. Ibrohim G'anixonov (11. Mahmud Jo'raboev, 12), 10. Humoyun Murtozaev (19. Tohirbek To'xtasinov, 46), 24. Ifeani Ifeani (88. Ahrorbek Rahimov, 54), 28. Ergas Ismoilov, 63. Pavel Bureev, 70. Azizbek Choriyev (72. Normurod Ko'charov, 59).
Andijon: 19. Artyom Potapov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 7. Po'lathoja Xoldorxonov (28. Bekzod Sulaymonov, 74), 9. Imeda Ashortia (33. Doniyor Abdumannopov, 74), 11. Humoyunmirzo Iminov (10. Dragan Cheran, 46), 14. Abdurahmon Komilov (2. Odilbek Abdumajidov, 83), 15. Nemanya Chalasani, 18. Damir Temirov (8. Shohmalik Komilov, 80), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 77. Mahmudjon Mahamajonov, 99. Rustam Turdimurodov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi