Live
6
O'zbek

Puyol Mourinio qo‘l ostida «Real»ning imkoniyatlari haqida gapirdi

Futbol
19 avgust, 13:36
Sobiq himoyachining fikricha, madridliklar portugaliyalik mutaxassis bilan muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Puyol Mourinio qo‘l ostida «Real»ning imkoniyatlari haqida gapirdi
Foto: Gettyimages

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Karles Puyol Joze Mourinio qo‘l ostida «Real» yanada kuchayishi mumkinligini ta’kidladi.

«Biz buyuk murabbiy haqida gapiryapmiz. Men u bilan yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tganimda, «Barselona»da tanishganman. O‘shanda ham uning futbolni naqadar chuqur tushunishi sezilib turardi. Keyinchalik u yorqin faoliyat olib bordi va «Real»ni ham boshqardi. O‘sha vaqtda biz ayni kuchga to‘lgan edik — o‘sha ajoyib raqobatni yaxshi eslayman.

O‘shanda Gvardiola va Mourinio, Messi va Krishtianu qarama-qarshiligi fonida ikki buyuk jamoa maydonda porlagan edi. Voqealar qanday rivojlanishini kuzatamiz. Men hamon «Barselona» kuchli jamoa ekaniga va ajoyib mavsum o‘tkazishga qodirligiga ishonaman. Mourinio bilan «Real» yanada qudratliroq bo‘lishi mumkin», — deya Puyolning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Real» yangi mavsumni 22-avgust kuni «Espanyol»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar