Live
5
O'zbek

"Benfika" Chirkati transferini e'lon qildi

Futbol
19 avgust, 15:23
Transferning moliyaviy shartlari rasmiy ma'lum qilinmadi.
"Benfika" Chirkati transferini e'lon qildi
Фото: Benfica

"Benfika" klubi markaziy himoyachi Alessandro Chirkati bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, avstraliyalik 22 yoshli futbolchi Lissabon klubiga "Parma"dan ko'chib o'tdi. Futbolchi portugaliyaliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. Transferning moliyaviy shartlari rasmiy ma'lum qilinmadi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Chirkati transferi "Benfika"ga 20 million yevroga tushgan. Alessandro "Parma" va "Pert Glori" klublari akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Avstraliya milliy jamoasi safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urg'an.

O'tgan mavsumda esa u barcha turnirlar doirasida 33 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etgan. Shuningdek, u mavsum davomida 6 ta sariq kartochka olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar