Live
4
O'zbek

«Yuventus» Trubinga qiziqishini saqlab qolmoqda

Futbol
16 avgust, 05:40
Turin klubi avvalgi rad javobiga qaramay, «Benfika» darvozabonini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
«Yuventus» Trubinga qiziqishini saqlab qolmoqda
Foto: Getty Images

«Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubin «Yuventus»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ukrainalik futbolchi hamon «Yuventus»ning transfer ro‘yxatida turibdi. Avvalroq turinliklar «Benfika» talab qilgan 30 million yevroni to‘lashdan bosh tortgandi.

Trubinning o‘zi esa transferga ochiq. Bunga uning Portugaliya klubidagi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani sabab bo‘lmoqda.

Darvozabon yangi mavsumda Yevropa Ligasi saralashining ikkita bahsida maydonga tushib, ikki gol o‘tkazib yubordi. Qolgan uchta bahsda esa zaxira o‘rindig‘ida qoldi.

Trubinning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar