«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Neshvill»ga qarshi o‘yin (1:4)da penaltidan foydalana olmadi.
Shu tariqa, 39 yoshli futbolchi 2014 yildan beri ilk bor ketma-ket uchta penaltini golga aylantira olmadi.
Messi bunga qadar 2026 yildagi jahon chempionatida Avstriya (2:0) va Misr (3:2)ga qarshi o‘yinlarda Argentina milliy jamoasi safida penaltidan foydalana olmagandi.
«Neshvill»ga qarshi uchrashuvning 23-daqiqasida esa Lionel penaltidan to‘pni darvozaning pastki chap burchagiga yo‘lladi, ammo raqib darvozaboni Brayan Shvake zarbani qaytardi.
Ma'lumot o‘rnida, Messi 2023 yil yozidan buyon «Inter Mayami»da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.