Live
2
O'zbek

«Real» Chuamenini faqat rad etib bo'lmas taklif tushsa sotishi mumkin

Futbol
16 avgust, 05:25
Aurelien sotilgan taqdirda, uning o'rnini bosish uchun asosiy nomzod Uorton bo'ladi.
«Real» Chuamenini faqat rad etib bo'lmas taklif tushsa sotishi mumkin
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachi Aurelien Chuamenini bu yozda sotishni rejalashtirmayapti. Lekin rad etib bo'lmaydigan taklif tushsa, klub o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishi mumkin. Bu haqda Madrid Universal xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «Manchester United» yarimhimoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Chuameni sotilgan taqdirda, uning o'rnini bosish uchun asosiy nomzod «Kristal Pelyas» yarimhimoyachisi Adam Uorton bo'ladi. Ayni paytda Uortonning transferi «Real» uchun asosiy vazifa hisoblanmaydi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq «Real» Chuameni bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar