Bugun
10
O'zbek

«Real» Chuameni bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi

Futbol
8 iyul, 18:50
Madrid klubi 26 yoshli futbolchini «MYU»ga sotmaslikka qaror qildi.
«Real» Chuameni bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Orelien Chuameni «Real» bilan shartnomasini uzaytiradi.

RMC Sport xabariga ko'ra, Madrid klubi va fransiyalik yarimhimoyachi yangi shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishgan. Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, yangi bitim 2031 yilgacha amal qiladi.

Ayni paytda 26 yoshli futbolchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Chuameni La Liganing o'tgan mavsumida 33 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Avvalroq yarimhimoyachi uchun «Manchester Yunayted» 100 million yevrodan ko'proq berishga tayyorligi xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar