Bugun
10
O'zbek

Mitoma mashinasida bir ayolni urib yubordi

Futbol
8 iyul, 17:25
Velosipedda bo'lgan ayol yengil jarohat olgan.
Mitoma mashinasida bir ayolni urib yubordi
Foto: Getty Images

«Brayton» klubi va Yaponiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Kaoru Mitoma Tokioda yo'l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi, deb xabar bermoqda Livedoor News.

Hodisa 8 iyul kuni ertalab poytaxtning Itabasi tumanida sodir bo'lgan. Mitoma boshqaruvidagi avtomobil chorrahada velosiped bilan to'qnashgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi transport vositalari uchun qizil chiroqqa amal qilmagan.

YTH oqibatida velosipedda harakatlangan ayol yengil jarohat olgan. Hozirda politsiya voqea joyida tergov harakatlarini olib bormoqda, hodisa tafsilotlari va guvohlarning ko'rsatmalari o'rganilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Yaponiya Yaponiya
Bugungi yangiliklar