«PSJ» qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Luka Shevalyega o‘rinbosar izlamoqda. Parijliklar «Brayton» va Niderlandiya milliy jamoasi darvozaboni Bart Verbruggen nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klub yana ikki darvozabon — «Leypsig» vakili Marten Vandevordt va «Lommel» posboni Mattias Piklak nomzodlarini ham o‘rganmoqda.
Verbruggen Niderlandiya milliy jamoasi safida 39 ta bahsda maydonga tushgan. U ushbu mavsumda Angliya chempionatida «Brayton» tarkibida 11 ta o‘yin o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli darvozabonning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.