Live
1
O'zbek

Brahim Dias "Yuventus"ga rad javobini berdi

Futbol
8 iyul, 13:43
Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Brahim Dias "Yuventus"ga rad javobini berdi
Фото: Getty Images

Turinning "Yuventus" klubi "Real" yarimhimoyachisi Brahim Diasni oʻz safiga qoʻshib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano oʻzining X sahifasida ma'lum qildi.

Manbaga koʻra, Italiya klubi transfer yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq marokashlik 26 yoshli futbolchining oʻzi oʻz pozitsiyasini aniq bildirgan.

U "Yuventus" rahbariyatiga ham shaxsiy suhbatlarda, ham omma oldida "Real" safida qolish niyatida ekanini ma'lum qilgan. Shu sababli u hozircha Madrid klubini tark etishni rejalashtirmayapti.

Oʻtgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro deb baholagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar