Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finalida Misrga qarshi kechgan bahsning (3:2) so'nggi daqiqalarida birdaniga beshta statistik ko'rsatkich bo'yicha maydonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Bu haqda OptaJoe xabar berdi.
Statistikaga ko'ra, 76-daqiqadan boshlab Messi to'pga 27 marta tegib, ushbu vaqt oralig'ida barcha futbolchilar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Shuningdek, u darvoza tomon yo'llangan zarbalar (2), yaratilgan golli vaziyatlar (2), muvaffaqiyatli driblinglar (2) va raqib jarima maydonidagi to'pga tegishlar (5) bo'yicha ham yetakchi bo'ldi.
Qayd etish joiz, Argentina ushbu bahsning 79-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. Messi esa kambekda muhim rol o'ynab, bitta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, Argentina milliy jamoasi Jahon chempionati chorakfinalida Shveysariya bilan bahs olib boradi.