Bugun
28
O'zbek

Kollina Misrning bekor qilingan goli nega hisobga olinmaganini tushuntirdi

Futbol
9 iyul, 06:00
FIFA Hakamlar qo'mitasi raisi VAR qarori o'yin qoidalariga to'liq mos kelganini ta'kidladi.
Kollina Misrning bekor qilingan goli nega hisobga olinmaganini tushuntirdi
Foto: Getty Images
07.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Misr Misr

FIFA Hakamlar qo'mitasi raisi Perluiji Kollina JCH-2026 1/8 finalidagi Argentina — Misr (3:2) bahsida VAR aralashuvi ortidan bekor qilingan gol yuzasidan izoh berdi.

«Har bir gol urilganidan so'ng VAR hujumning boshlanish fazasini (APP) tekshiradi. Agar golga olib kelgan hujum avvalida qoidabuzarlik aniqlansa, VAR bosh hakamga epizodni monitorda qayta ko'rishni tavsiya qiladi. Bunda vaqt yoki darvozagacha bo'lgan masofa bo'yicha aniq cheklov mavjud emas.

Argentina va Misr o'rtasidagi bahsda Misrning 19-raqamli futbolchisi Marvan Attiya Argentinaning 6-raqamli futbolchisi Lisandro Martinesning oyog'ini bosib yubordi. Bizning fikrimizcha, bu aniq qoida buzilishi. Agar bosh hakam buni maydonda ko'rmay qolgan bo'lsa, VAR albatta aralashishi kerak.

Raqibning oyog'ini bosish — bu qoida buzilishi. Ammo himoyachi avval to'pga o'ynab, keyin odatiy futbol kontakti yuz bersa, bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Bahs oxirida Misrning 10-raqamli futbolchisi Muhammad Saloh va Argentinaning 9-raqamli hujumchisi Xulian Alvares o'rtasidagi vaziyat aynan shunday holat edi. Maydondagi hakam ham, VAR ham buni odatiy futbol kontakti deb baholadi», — deya Kollinaning so'zlarini Mundo Deportivo nashri keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Argentina ushbu bahsda 0:2 hisobidagi ortda qolishni bartaraf etib, 3:2 hisobida g'alaba qozongan va Jahon chempionati chorakfinaliga yo'l olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

135+ izoh +12 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar