Live
6
O'zbek

Matteus Vinisius haqida: «Barselona» va «Bavariya»da bunday muammo yo‘q»

Futbol
30 oktabr, 09:36
Germaniya milliy jamoasi sobiq futbolchisi yana bir bor «Real» vingerini tanqid qildi.
Matteus Vinisius haqida: «Barselona» va «Bavariya»da bunday muammo yo‘q»
Foto: Gettyimages

Germaniya milliy jamoasi va «Bavariya» klubining sobiq futbolchisi Lotar Matteus Madridning «Real» jamoasi braziliyalik vingeri Vinisius Juniorga nisbatan yangi tanqidiy fikrlar bildirdi.

«Men uning «Oltin to‘p» so‘rovnomasida kuchli o‘ntalikka kirmaganidan xursandman. Keyn g‘alaba qozondi, chunki u hammani hurmat qiladi, u haqiqiy jentlmen. Vinisius esa uning aksi. «Bavariya»da bunday narsa yo‘qligi yaxshi. «Barselona»da ham... Lekin «Real»da shunday muammo bor. Va u Vinisius Junior deb ataladi. u «qirollik klubi»ga zarar yetkazmoqda», - deya sobiq futbolchi so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bild.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli braziliyalikning «qirollik klubi» bilan amaldagi mehnat-shartnomasi-2032-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning aktual transfer qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar