Live
2
O'zbek

Porro «Real» va «Barselona» qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Futbol
30 oktabr, 07:21
    8
«Tottenhem»ning ispaniyalik himoyachisi Londondan hech qayerga ketish niyatida emasligini ma’lum qildi.
Porro «Real» va «Barselona» qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Pedro Porro «Real» va «Barselona» tomonidan qiziqish haqidagi gap-so‘zlarga qanday munosabatdaligi bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘zimni xotirjam his qilish uchun jahon chempionatidan oldin «Tottenhem» bilan shartnomamni uzaytirdim. Gap-so‘zlar bo‘ldi, ular mening vaziyatim bilan qiziqdilar, lekin ish real taklifgacha yetib borgani yo‘q. Men bu takliflarning hech birini tinglashni ham xohlamadim», — deya Porroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Zone.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda 27 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda beshta bellashuvda ishtirok etdi va hozircha birorta ham gol ura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Porroning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi-2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali himoyachining aktual transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar