Live
2
O'zbek

«Barselona» rahbariyati Rafinyaning Braziliya safida chaqirilganidan shokda

Futbol
30 oktabr, 05:10
Kataloniya klubi futbolchining yana jarohat olishidan xavotirda.
«Barselona» rahbariyati Rafinyaning Braziliya safida chaqirilganidan shokda
Foto: Getty Images

«Barselona» rahbariyati Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Rafinya Diasni Braziliya milliy jamoasiga chaqirganidan qattiq hayratlangan, deb xabar beradi The Touchline.

Gap shundaki, braziliyalik vinger o‘tgan xalqaro tanaffus vaqtida milliy jamoa ixtiyorida bo‘lganida olgan jarohatidan keyin endigina o‘zining optimal formasiga qaytayotgandi.

«Barselona» rahbariyati Rafinyaning yana milliy jamoa ixtiyoriga borishiga to‘g‘ri kelishidan xavotirda. Sababi, braziliyalik futbolchi yana jarohatini yangilab olishi mumkin.

Noyabr oyida Karlo Anchelotti shogirdlari ikkita nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Braziliya 14 noyabr kuni Yaponiya, 17 noyabr kuni esa Singapur milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar