Live
2
O'zbek

Niderlandiyalik jurnalist «Oltin to‘p» so‘rovnomasi haqida: «Men Keyn vakillaridan xat olgandim»

Futbol
30 oktabr, 06:01
    2
Sovrin uchun nomzodlarga ovoz berishda bevosita ishtirok etgan niderlandiyalik jurnalist tanlovi haqida gapirdi.
Niderlandiyalik jurnalist «Oltin to‘p» so‘rovnomasi haqida: «Men Keyn vakillaridan xat olgandim»
Foto: Gettyimages

«Oltin to‘p» sovrini ovoz berish jarayonida ishtirok etgan niderlandiyalik jurnalist o‘z tanlovi haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, taqdirlash marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Tabiiyki ovozlar bundan ancha oldin hisoblab chiqilgan.

«Mbappe jahon chempionatida tarixga kirdi, shuning uchun u men uchun eng yaxshisi edi. Lamin Yamal so‘nggi oylarda ajoyib o‘ynadi, ammo Rodri jahon chempionatida ko‘proq ustunlik qildi.

Ovoz berish yaqinlasharkan bosim kuchaydi. Ular jurnalistlarga turli yo‘llar bilan ta’sir o‘tkazishga harakat qilishdi. Misol uchun, men Harri Keynning PR jamoasidan xat oldim, unda mendan forvard bilan eksklyuziv intervyuga qiziqasizmi, deb so‘rashdi», – deya niderlandiyalik mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Zone.

G‘olib nomi aniqlangach, tashkilotchilar Keynning Mbappedan ustunligi minimal ekanligini va ancha vaqtgacha aynan fransiyalik hujumchi yetakchilik qilganini tan olishdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar