«Manchester Yunayted» bu yilda yarim himoyachi Kobbi Maynu asosiy tarkibda maydonga tushmagan birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.
«Qizil iblislar» 21 yoshli havbek asosiy tarkibda bo‘lmagan 9 ta bahsning birortasida ham 3 ochko olmadi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.
Aksincha, angliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinlarda jamoa 2026-yil boshidan buyon 23 ta bellashuvning 14 tasida zafar quchgan.
Shanba kuni «Manchester Yunayted» Premyer-liga doirasida Londonda «Chelsi» mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Maynu bu mavsumda 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 6 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi, so‘nggi bahslarni esa jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
«MYU» 2026-yilda Maynu asosiy tarkibda maydonga tushmagan biror o‘yinda yutolmadi
Futbol
30 oktabr, 05:35
Mankunianliklar 21 yoshli yarim himoyachisiz muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.
Foto: Getty Images