«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
APLning 8-turidan so‘ng manchesterliklar turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.
— O‘yin va natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi. Hozir eng muhimi — bu vaziyatni yengib o‘tish, nimalarni yaxshiroq qilishimiz mumkinligini, qaysi jihatlarda o‘sishimiz kerakligini va vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun nimalar qilishimiz lozimligini anglab olish.
Shundan so‘ng mashg‘ulotlar va «Chelsi»ga qarshi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikka e’tibor qaratishimiz kerak. Oldinda bizni muhim hafta kutmoqda. Hozir butun diqqat-e’tiborim aynan vaziyatni qanday qilib ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratilgan.
— Klub rahbariyati bilan kelajagingiz haqida gaplashdingizmi?
— Menga hech kimdan hech qanday kafolat kerak emas. Vaziyatni juda yaxshi tushunib turibman. Bu qanday ish ekanini bilaman, o‘z mas’uliyatimni va bu mas’uliyat nimalarni talab qilishini yaxshi anglayman. Shu sababli bu borada menga hech qanday kafolat kerak emas, — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi BBC.
Kerrik: «MYU»dagi kelajagim borasida hech qanday kafolat kerak emas»
Futbol
30 oktabr, 04:20
6
Manchesterliklar ustozi vaziyatni yaxshi tushunib turgani haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi